O'zbekiston hududlari va Qozog'istonning Olmaota viloyati o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar jadallashadi
Noyabr 19, 2024. 10:06 • 36 soniya
• 155
OSTONA, 19-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Olmaota viloyati akimi Marat Sultangaziyev bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida qishloq xo'jaligi, sanoat, turizm, savdo sohalaridagi hamkorlikni va madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbatdosh mamlakatimiz hududlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini va joriy yilning dastlabki sakkiz oyida Olmaota viloyatining O'zbekiston bilan o'zaro savdosi 171 million AQSh dollarni tashkil etganini ta'kidladi.
Uchrashuv yakunida mavsumiy meva va sabzavotlarni o'zaro yetkazib berish, sut mahsulotlari va qadoqlash materiallarini birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish, Olmaota viloyati delegatsiyasining Qashqadaryo viloyatida o'tkaziladigan "Kashkadarya invest – 2024" biznes-forumida ishtirok etishni uyushtirish va boshqalar to'g'risida kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi