O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Norvegiya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
May 17, 2025. 11:44 • 40 soniya
• 895
OSLO, 17-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Norvegiyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida joylashgan) Rahmatulla Nurimbetov 15-may kuni ushbu mamlakat Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Marosimdan so'ng bo'lib o'tgan muloqot chog'ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda O'zbekiston–Norvegiya munosabatlarining holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, iqlim o'zgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, "yashil" energiyani rivojlantirish, qashshoqlikni kamaytirish, ayollar va yoshlarning jamiyatdagi rolini oshirish kabi muhim yo'nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi ta'kidlandi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Norvegiya o'rasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 10-iyunda o'rnatilgan. Rahmatulla Nurimbetov 2024-yil 15-oktabr kuni O'zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi sifatida Stokgolm shahriga bordi va 4-dekabr kuni Qirol Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi