O'zbekiston elchisi Shvetsiya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
Dekabr 06, 2024. 10:54 • 40 soniya
• 1485
STOKGOLM, 6-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov 4-dekabr kuni Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Rasmiy marosimdan so'ng bo'lib o'tgan suhbat chog'ida O'zbekiston va Shvetsiya o'rtasida turli yo'nalishlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat o'rtasida o'zaro savdo hajmini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ishbilarmonlar o'rtasida muloqotni rag'batlantirish, iqlim o'zgarishlariga moslashish va "yashil" iqtisodiyot, fan va ta'lim, sog'liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari alohida urg'ulandi.
Eslatib o'tamiz, Elchi Rahmatulla Nurimbetov 15-oktabr kuni Shvetsiya poytaxtiga tashrif buyurgan edi.
U Stokgolmga tayinlanishidan avval 2023-2024-yillarda O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari lavozimida ishlagan. Rahmatulla Nurimbetov 2022-2024-yillarda O'zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Nodir G'aniyev o'rniga tayinlangan.
Copyright: Royal Court Sweden/photo Sanna Argus Tirén
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi