Logo

O'zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi Lyublyanaga tashrif buyurdi va TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

Oktabr 25, 2024. 17:38 • 42 soniya

305
O'zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi Lyublyanaga tashrif buyurdi va TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

LYUBLYANA, 25-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov (qarorgohi Budapeshtda) kecha Sloveniya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi diplomatik protokol departamenti boshlig'i Natasha Praxga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda O'zbekiston va Sloveniya o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Elchi turli sohalarda o'zaro manfaatli aloqalarni chuqurlashtirish muhimligini ta'kidladi.


Natasha Prax Oybek Shaxavdinovning O'zbekistonning birinchi elchisi etib tayinlanishi ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar rivojida yangi bosqich bo'lishiga ishonch bildirdi va unga o'zaro hamkorlikni mustahkamlash yo'lida muvaffaqiyatlar tiladi.


Eslatib o'tamiz, Oybek Shaxavdinov ikki tomonlama munosabatlar tarixida O'zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi bo'ldi. Shuningdek, u 23-oktabr kuni Xorvatiyadagi birinchi elchi sifatida ham ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi. Oybek Shaxavdinov 2024-yil mart oyida O'zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish