O'zbekistonning birinchi elchisi Serbiya Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi
Iyul 07, 2025. 19:32 • 38 soniya
• 755
BELGARD, 7-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Oybek Shaxavdinov Serbiya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik protokol rahbari Branko Radovanovichga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi va O'zbekiston-Serbiya munosabatlarini yanada mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdorlik bildirdi.
Xorijiy tomon O'zbekistonning Serbiyaga birinchi elchisi tayinlanganini olqishlab, bu qadam ikki tomonlama hamkorlikning butun yo'nalishiga yangi sur'at bag'ishlashini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Shaxavdinov 2024-yil 13-dekabr kuni Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musarga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Oybek Shaxavdinov, shuningdek, O'zbekistonning Vengriyadagi birinchi, shuningdek, o'rindoshlik asosida Xorvatiya va Chernogoriyadagi elchisi hisoblanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi