Logo

O'zbekiston elchisi Xorvatiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Noyabr 29, 2024. 15:06 • 30 soniya

360
O'zbekiston elchisi Xorvatiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

ZAGREB, 29-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi Oybek Shaxavdinov (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Xorvatiya Prezidenti Zoran Milanovichga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tantanali marosimidan so'ng bo'lib o'tgan muloqot chog'ida tomonlar O'zbekiston-Xorvatiya munosabatlarini mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar. Ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Tomonlar bir qator muhim o'zaro manfaatli yo'nalishlarda hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

Eslatib o'tamiz, Oybek Shaxavdinov ikki tomonlama munosabatlar tarixida O'zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi sifatida shu yil oktyabr oyida Xorvatiya TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish