Logo

O'zbekistonning yangi elchisi Buyuk Britaniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

May 17, 2024. 10:04 • 41 soniya

1985
O'zbekistonning yangi elchisi Buyuk Britaniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

LONDON, 17-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Ravshan Usmanov London shahrida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Charlz III ga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Rasmiy marosimdan so'ng bo'lib o'tgan suhbat chog'ida Qirol Charlz III O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chuqur hurmat va iliq tilaklarni izhor qildi.

Buyuk Britaniya va O'zbekiston o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning bugungi dinamikasi yuqori baholandi. Keng yo'nalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish zarurligi ta'kidlandi.

Suhbat yakunida Buyuk Britaniya Qiroli O'zbekiston elchisiga ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuksaltirish yo'lidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi 2023-yilning 14-noyabr kuni Buyuk Britaniya poytaxtiga yetib borgan edi. Bunga qadar u mamlakatimizning Malayziyadagi elchisi lavozimida ishlagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish