O'zbekiston va Buyuk Britaniya Zahiriddin Muhammad Bobur to'g'risida film yaratish masalalarini muhokama qilmoqda
Fevral 25, 2024. 14:14 • 48 soniya
• 1412
LONDON, 25-fevral. /«Dunyo» AA/. 23-fevral kuni O'zbekiston elchixonasida "Mughals the Series" kompaniyasi prodyuseri Mamta Kaash hamda "Scenario films" kompaniyasi ssenariy muallifi Garet Jons bilan uchrashuv o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur to'g'risida film yaratish bo'yicha loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Britaniya tomoni mazkur filmning ssenariysi "Boburnoma" tarixiy asari asosida ishlab chiqilishi, shuningdek filmning ingliz tilida tasvirga olinishi va uni g'arb davlatlarining katta ekranlarida namoyish etish imkoniyati mavjud ekanligini qayd etdi.
Xorijiy tomon taklif etilayotgan film o'zbek xalqining Bobur siymosida Buyuk Britaniya hamda g'arb mamlakatlari xalqiga, uning boy tarixi va madaniyati, urf-odat va qadriyatlari bilan keng tanishtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Suhbat yakunida ushbu filmni tasvirga olish masalalarini batafsil muhokama etish uchun britaniyalik ijodkorlar va O'zbekiston Madaniyat vazirligi hamda Kinematografiya agentligi vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv o'tkazishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi