O'zbekiston Irlandiyaga yangi elchi tayinladi
Iyun 12, 2025. 13:07 • 48 soniya
• 771
DUBLIN, 12-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Irlandiyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmanov (qarorgohi London shahrida joylashgan) mazkur davlat Tashqi ishlar va savdo vazirligi Protokol departamenti boshlig'i Ralf Viktoriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida O'zbekiston va Irlandiya o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo'yicha fikr almashildi.
Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida aloqalarni jadallashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Qishloq xo'jaligi, IKT, farmatsevtika hamda qayta tiklanuvchi energiya sohalarini istiqbolli yo'nalishlar sifatida qayd etildi.
Uchrashuv so'nggida Irlandiya tomoni O'zbekiston elchisiga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va kengaytirish yo'lidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Eslatib o'tamiz, Ravshan Usmanov 2023-yilning 14-noyabr kuni O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi sifatida London shahriga kelgan edi. 2024-yil 16-may kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Charlz III ga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. 2025-yil fevral oyida esa u bir vaqtning o'zida mamlakatimizning birinchi elchisi sifatida Islandiya Prezidenti Xalla Tomasdottirga ishonch yorliqlarini topshirgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi