Afg'oniston O'zbekiston bilan oliy ta'lim sohasidagi aloqalarni yangi pog'onaga olib chiqishga qiziqish bildirmoqda
Sentabr 24, 2024. 15:26 • 59 soniya
• 535
QOBUL, 24-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Afg'oniston Oliy ta'lim vazirligi tashqi aloqalar boshqarmasi boshlig'i Sulaymon Nesar Husaynxayl bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Afg'oniston tomoni O'zbekistonda oliy ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, mamlakatimizda yosh avlodning sifatli ta'lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Tomonlar ikki davlatning yetakchi oliy o'quv yurtlari va ilmiy markazlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni yo'lga qo'yish, o'zbek tili va boshqa mutaxassisliklar bo'yicha o'qituvchilar tayyorlash bo'yicha qo'shma ta'lim loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Ilmiy sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.
Afg'oniston vakillari O'zbekiston bilan oliy ta'lim sohasidagi aloqalarni, xususan, ikki davlatning yetakchi universitetlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri akademik rishtalarni yo'lga qo'yish, O'zbekistonda o'tkaziladigan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish va qo'shma seminarlar o'tkazishdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi