TIVda Yevropa Ittifoqi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Oktabr 24, 2026. 16:00 • 52 soniya
•
TOSHKЕNT, 24-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madraximov kecha Yevropa Ittifoqining elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak muzokaralar va qo‘shma tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ularning mazmun mohiyatini aniq amaliy natijalar bilan boyitish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, mavjud hamkorlik mexanizmlaridan samarali foydalanish, siyosiy muloqotni izchil davom ettirish hamda savdo-iqtisodiy va boshqa ustuvor sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlarni izchil davom ettirishga kelishib oldi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi