O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehli shahrida "Markaziy Osiyo - Hindiston" ishbilarmonlar kengashi yig'ilishida ishtirok etdi
Iyun 06, 2025. 00:26 • 36 soniya
• 653
DEHLI, 5-iyun. / "Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Hindiston Tashqi ishlar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan "Markaziy Osiyo – Hindiston" ishbilarmonlar kengashi yig'ilishida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Nyu-Dehlida hamkasblarim bilan birgalikda Hindiston Tashqi ishlar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan "Markaziy Osiyo - Hindiston" ishbilarmonlar kengashi yig'ilishida ishtirok etdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – "Markaziy Osiyo - Hindiston" 4-vazirlar uchrashuvi arafasida bo'lib o'tgan ushbu muhim yig'ilish iqtisodiy sheriklikni mustahkamlash va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Hindiston vakillarini birlashtirdi.
Muloqot davomida mintaqamiz va Hindiston o'rtasidagi savdo va investitsiyaviy aloqalarni chuqurlashtirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta'kidladik".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi