Logo

Jazoir elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Avgust 11, 2023. 14:47 • 36 soniya

1318
Jazoir elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

TOSHKENT, 10-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Jazoir elchisi Bumediyen Gennadni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


«O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlagan Jazoirning Favqulodda va Muxtor elchisi Bumediyen Gennad janoblari bilan uchrashdik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. - Biz janob Elchining O‘zbekiston-Jazoir o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni boyitish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholaymiz va yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tilaymiz».

Eslatib o‘tamiz, Bumediyen Gennad 2022 yil 24 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidentiga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirgan edi. U 2015-2022 yillarda Jazoirning Toshkentdagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan Nosir Busherit o‘rnini egallagan.

Norasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, Bumediyen Gennad boshqa davlatga elchi etib tayinlangan.

Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish