Xitoydan munosabat: O'zbekiston parlamenti saylov umume'tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida va yuqori tashkiliy darajada bo'lib o'tdi
Noyabr 06, 2024. 12:40 • 2 daq
• 164
GUANCHJOU, 6-noyabr. /"Dunyo" AA/. MDH mamlakatlari bilan ilmiy-texnologik hamkorlik bo'yicha Guandun uyushmasi bosh kotibi Go Fenchji "Dunyo" AA uchun intervyusida yurtimizda o'tkazilgan parlament saylovi jarayonlari haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi:

– Yangilangan saylov qonunchiligi asosida o'tgan O'zbekiston parlamenti saylovini 850 dan ortiq xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar kuzatib bordi. Ular qatori men ham bunday muhim siyosiy tadbirda ishtirok etganimdan juda faxrlanaman.
Har safar O'zbekistonga tashrif buyurganimda, barcha jabhalarda ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlarni, Toshkent shahri va respublika hududlarining qiyofasi tobora o'zgarib borayotganiga guvoh bo'lyapman.
Siyosiy jarayonga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rilganligini hamda deputatlikka nomzodlar tomonidan keng ko'lamli targ'ibot ishlari amalga oshirilganini alohida ta'kidlash kerak.
Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida bo'ldim. Saylov uchastkalari qonunchilikda belgilangan talablar asosida jihozlangani va ular zarur texnika vositalari bilan ta'minlanganligiga amin bo'ldim.
O'zbekistonda saylov tizimi va qonunchiligi muntazam ravishda takomillashib borayotgani tahsinga sazovor. Jumladan, bo'lib o'tgan parlament saylovlari mamlakat tarixida ilk bor aralash, ya'ni majoritar-proporsional saylov tizimi asosida o'tkazildi.
Shu munosabat bilan, saylov jarayonlarida ishtirokim davomida olib borgan kuzatuvlarim kelib chiqib aytmoqchimanki, parlament saylovlari umume'tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuqori tashkiliy darajada o'tdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi