TIVda BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining mintaqaviy vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Iyun 10, 2026. 21:30 • 2 daq
• 28
TOSHKENT, 10-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bugun BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Mahir Safarli bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, O‘zbekistonning Afg‘oniston xalqiga gumanitar va ijtimoiy yordam ko‘rsatishdagi rolini muhokama qildi.
Mahir Safarli Termiz shahrida yaratilgan transport-logistika infratuzilmasi imkoniyatlarini yuqori baholadi hamda Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakili tashkilot faoliyatini doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani, shuningdek, qo‘shni Afg‘oniston xalqiga muntazam g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasi BMTning gumanitar institutlari yuklarini yetkazib berish uchun ishonchli koridor bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi