Logo

O‘zbekiston elchisi Avstraliya General-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi

Ноябрь 28, 2025. 17:05 • 2 дақ

398
 O‘zbekiston elchisi Avstraliya General-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi

KANBERRA, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi (qarorgohi Singapur shahrida) Alisher Qayumov kecha Avstraliya General-gubernatori Samanta Mostinga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Rasmiy marosim Kanberra shahrining “Government House” rezidensiyasida bo‘lib o‘tdi.

Avstraliya General-gubernatori bilan suhbat davomida so‘nggi yillarda tobora rivojlanib borayotgan O‘zbekiston-Avstraliya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilm-fan, taʼlim va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari batafsil muhokama qilindi.

Samanta Mostin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholab, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va xalqaro biznes uchun qulay investitsiya muhitini yaratish borasida erishilgan natijalarni alohida qayd etdi.

Avstraliya va O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘rtasidagi o‘xshashliklar, xususan, paxtachilik va tog‘-kon sanoati sohalari muhim rol o‘ynashi qayd etilib, bu innovatsiya va investitsiyalar yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik uchun keng istiqbollarni yaratishi taʼkidlandi.

Shuningdek, General-gubernator yaqinda Samarqandda bo‘lib o‘tgan YUNESKO bosh konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilganini taʼkidlab, avstraliyalik turistlar uchun O‘zbekiston tobora jozibador yo‘nalishga aylanayotganini bildirdi.

Suhbat yakunida Samanta Mostin ikki tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlashga tayyorligini bildirib, O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga samimiy tilaklarini yetkazdi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Qayumov O‘zbekistonning Singapurdagi (2018-2024) va Avstraliyada (2022-2024) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Singapurda) bo‘lib ishlagan Qahramon Shokirov o‘rniga tayinlangan. 2024-yil 30-aprel kuni Alisher Qayumov Singapur Prezidenti Tarman Shanmugaratnamga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Default Avatar

Материал муаллифи

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Материал муаллифи

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Материал муаллифи

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Материал муаллифи

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram каналига обуна бўлинг

Барча янгиликлар ва янгиланишлардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлинг!

Каналга ўтиш