O'zbekistonning yangi elchisi Singapur Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Aprel 30, 2024. 17:44 • 2 daq
• 1886
SINGAPUR, 30-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher Qayumov Singapur Prezidenti Tarman Shanmugaratnamga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchisi sharafiga "Istana" hukumati qarorgohida faxriy qorovul saf tortdi.
Singapur Prezidenti bilan suhbat chog'ida 2023-yilda amalga oshirilgan oliy darajadagi o'zaro tashriflardan so'ng alohida jadallik kasb etgan ko'p qirrali O'zbekiston-Singapur hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Singapur rahbari O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, ochiq va muvozanatli tashqi siyosat yuritish, barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash borasida salmoqli yutuqlarga erishilganini ta'kidladi.
O'zbekistonning xalqaro biznes, jumladan, singapurliklar uchun jozibadorligi tobora ortib borayotgani, buning yaqqol isboti sifatida Singapur parlamenti spikeri boshchiligidagi va 25 dan ortiq ushbu davlat kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyasi bo'lajak Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishi ta'kidlandi.
Suhbat yakunida Singapur Prezidenti ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlarga har tomonlama hissa qo'shishga tayyorligini bildirdi, shuningdek, O'zbekiston rahbariyati va xalqiga o'zining ezgu tilaklarini yo'lladi.
Eslatib o'tamiz, Alisher Qayumov Singapurga mart oyi o'rtalarida tashrif buyurgan edi. U O'zbekistonning Singapurdagi (2018–2024) va Avstraliyada (2022–2024) o'rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Singapurda) bo'lib ishlagan Qahramon Shokirov o'rniga tayinlandi. Yangi elchi Singapurga tayinlanishidan oldin O'zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida maslahatchi bo'lib ishlagan.
Singapur Aloqa va axborot vazirligi olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi