O‘zbekiston Gvineya-Bisau bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi

Апрель 24, 2026. 09:55 • 52 сония

1789
O‘zbekiston Gvineya-Bisau bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi

NYU-YORK, 24-aprel. /“Dunyo” AA/. 2026-yil 22-aprel kuni Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Gvineya-Bisauning BMTdagi missiyasi rahbari Samba Sane diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunikeni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Ikki tomonlama aloqalarning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.

G‘arbiy Afrika davlati bo‘lgan Gvineya-Bisau Respublikasi O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 168-mamlakatga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 19-aprel kuni Antaliya shahrida O‘zbekiston va Ruanda tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Olivye Nduxungirexe diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunikeni imzolagan edi.

Default Avatar

Материал муаллифи

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram каналига обуна бўлинг

Барча янгиликлар ва янгиланишлардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлинг!

Каналга ўтиш