O‘zbekiston mahsulotlari Polshadagi xalqaro ko‘rgazmada namoyish etildi
Noyabr 23, 2026. 19:30 • 2 daq
• 67LODZ, 23-noyabr. /“Dunyo” AA/. Lodz shahrida o‘tkazilgan “Fast Textile 2026” xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida O‘zbekistonning yengil sanoat sohasidagi yetakchi korxonalari ham faol ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi ko‘magida hamda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbir ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.
O‘zbekiston milliy stendida “Orange Textile”, “Global Tekstil”, “Insaf Textile”, “Fazo Textile”, “Osiyo Home Tex”, “Terracotta Tekstil”, “TOSHBULOQ-TEKS”, “SHOSHOMI”, “Orzu Tex”, “BOKAR”, “Sulton”, “Parisa Home” kabi 25 ta korxona o‘z mahsulotlarining keng turlarini xalqaro jamoatchilik e’tiboriga havola etdi.
Ishtirokchilarga milliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish, eksport imkoniyatlarini oshirish, “Made in Uzbekistan” brendini keng targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston paviloni yevropalik xaridorlar, dizaynerlar va soha mutaxassislari bilan gavjum bo‘ldi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan mahsulotlar yuqori sifati, zamonaviy dizayn yechimlari hamda xalqaro ekologik standartlarga to‘liq javob berishi bilan alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Uchrashuvlarda o‘zbek korxonalari va yevropalik hamkorlar o‘rtasida qator dastlabki eksport kelishuvlariga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi







