Dohadagi “Qatara” madaniyat qishlog‘ida o‘zbek madaniyati burchagi va milliy pavilon tashkil etildi

Noyabr 23, 2026. 18:00 • 2 daq

• 27

DOHA, 23-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Doha shahridagi “Katara” madaniy qishlog‘ida mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston madaniyati burchagi va milliy paviloni tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Lusail universiteti hamda “Katara” madaniy qishlog‘i majmuasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Lusail universiteti rektori doktor Nizom Hindiy, “Katara” majmuasi bosh direktori doktor Xolid Al-Sulaytiy, Dohada akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari va mahalliy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekistonning boy tarixi, milliy qadriyatlari, madaniy merosi va zamonaviy taraqqiyotini Qatar jamoatchiligiga keng tanishtirish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan Davlat bayrog‘imiz suverenitetimiz va milliy o‘zligimiz ramzi sifatida xorijiy jamoatchilikka keng namoyon etildi.

Milliy pavilonda xalqimizning ko‘p asrlik merosi va an’analarini aks ettiruvchi ekspozitsiyalar — milliy liboslar, an’anaviy hunarmandchilik buyumlari, amaliy san’at namunalari hamda o‘zbek milliy taomlari mehmonlar e’tiboriga havola qilindi.

Bundan tashqari, ishtirokchilarga Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent kabi tarixiy va zamonaviy shaharlarimizning sayyohlik salohiyati, me’moriy obidalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ko‘plab mehmonlar mamlakatimizning turizm imkoniyatlariga katta qiziqish bildirib, O‘zbekistonga sayohat qilish istagini bildirdilar.

Qatarda O‘zbekiston madaniyati burchagining tashkil etilishi ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash, milliy merosimiz va sayyohlik salohiyatimizni xorijda keng targ‘ib etish yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish