Venesueladagi zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 1700 kishidan oshdi
Iyun 30, 2026. 19:57 • 2 daq
• 58
KARAKAS, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 24-iyun kuni Venesuelada sodir bo‘lgan ikkita kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1719 nafarga yetdi, yana 5034 kishi tan jarohati oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “CNN”ga tayanib.
Fojia ro‘y berganidan besh kun o‘tib mamlakat Milliy assambleyasi raisi Xorxe Rodriges teleefir orqali o‘n minglab odamlar bedarak yo‘qolganicha qolayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u 15 ming 866 kishi boshpanasidan ayrilganini qayd etdi.
Qidiruv-qutqaruv ishlarini takroriy tebranishlar murakkablashtirmoqda. Dastlabki zilzilalardan buyon 500 ga yaqin aftershok, jumladan, kecha tongda sodir bo‘lgan 5,2 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Ayni paytda qidiruv ishlariga 27 mamlakatdan ikki mingdan ziyod qutqaruvchi jalb qilingan.
Zilzilalar natijasida 2500 ga yaqin bino vayron bo‘ldi yoki shikastlandi. BMT zilzilalardan ko‘rilgan zararni 6,7 milliard dollarga baholadi, bu Venesuela yalpi ichki mahsulotining 6 foiziga tengdir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi