Avstraliya O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yaxlit mintaqaviy pozitsiyani ishlab chiqish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholaydi

May 22, 2026. 19:55 • 54 soniya

109
Avstraliya O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yaxlit mintaqaviy pozitsiyani ishlab chiqish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholaydi

TOSHKENT, 22-may. /“Dunyo” AA/ O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Avstraliya elchisi Jon Giring bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, Afg‘oniston yo‘nalishidagi ikki tomonlama hamkorlikning ayrim masalalarini muhokama qildi.

Jon Giring O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yaxlit mintaqaviy pozitsiyani ishlab chiqish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi va Toshkent va Kanberra o‘rtasidagi amaliy muloqotni yana-da rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini taʼkidladi.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish