TIVda Kuvayt elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

May 21, 2026. 18:30 • 51 soniya

129
TIVda Kuvayt elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 21-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev bugun Kuvayt elchisi Turki Xolid Hamad al-Mikrad bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida ikki tomonlama aloqalarni yana-da mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘zaro tashriflar almashinuvi va xalqaro anjumanlarni birgalikda tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni faollashtirishga kelishib olindi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish