O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari va GFR elchisi cavdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar
Aprel 01, 2026. 21:10 • 2 daq
• 49
TOSHKENT, 1-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev bugun Germaniya elchisi Manfred Huterer bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekiston va Germaniya hamkorligining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi joriy holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi, jumladan o‘zaro savdoni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va faollashtirish muhimligi qayd etildi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi