O‘zbekiston BAAning BMT Bosh kotibi lavozimiga Lana Zaki Nusaybaning nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlaydi

Oktabr 23, 2026. 10:30 • 2 daq

• 200
O‘zbekiston BAAning BMT Bosh kotibi lavozimiga Lana Zaki Nusaybaning nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlaydi

TOSHKЕNT, 23-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston BAAning davlat vaziri, BMTdagi sobiq doimiy vakili Lana Zaki Nuseybaning nomzodini Bosh kotib lavozimiga ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlaydi, deb xabar bermoqda “Dunyo”AA muxbiri.

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi Bosh kotibini tayinlash jarayoni global chaqiriqlar kuchayib borayotgan sharoitda BMT nufuzini mustahkamlash va uning faoliyati samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi, – deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy bayonotida. – Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Arab Amirliklarining davlat vaziri, BMT huzuridagi sobiq doimiy vakili Lana Zaki Nusaybani Tashkilot Bosh kotibi lavozimiga nomzod sifatida ilgari surish to‘g‘risidagi qarorini olqishlaydi.

BMTning yangi Bosh kotibi yuksak kasbiy mahorat, boy diplomatik tajriba va xalqaro tinchlik hamda xavfsizlikni saqlash, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida a’zo davlatlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim, deb hisoblaymiz”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish