O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Bag‘dodda IHT bosh kotibi bilan uchrashdi
Oktabr 19, 2026. 15:00 • 52 soniya
• 166
TOSHKЕNT, 19-oktabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Bag‘dodda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 52-sessiyasi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev IHT bosh kotibi Ismoil Uld Shayx Ahmad bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, tashkilot doirasida o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash hamda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.
Mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi