Toshkentda O‘zbekiston–Iordaniya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi
Oktabr 07, 2026. 21:15 • 46 soniya
• 67
TOSHKЕNT, 7-oktabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston va Iordaniya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi 3-davrasi boshqarma boshliqlari darajasida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasida mintaqadagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi hamda turli darajalarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi