Misr nashri: Amir Temur dunyo hamjamiyati eʼtiboridagi shaxs
Mart 30, 2026. 09:25 • 2 daq
• 130
QOHIRA, 30-mart. /“Dunyo” AA/. Misrning “Sada al-Balad” axborot agentligi Sohibqiron Amir Temur va uning G‘arb madaniyati rivojiga taʼsiri haqida maqola eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada qayd etilishicha, Amir Temurning XV asr boshidagi faoliyati nafaqat Osiyo, balki Yevropaga ham sezilarli taʼsir ko‘rsatgan.
Nashrning qayd etishicha, Amir Temurning adolat va bunyodkorlikka asoslangan siyosati yevropaliklarning Sharqqa va islom olamiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirgan.
“Ko‘pgina bosqinchilardan farqli o‘laroq, uning yondashuvi varvarlik haqidagi stereotiplarni yo‘q qilishga yordam berdi va Sharq sivilizatsiyasiga qiziqishni kuchaytirdi”, deya bayon etadi “Sada al-Balad”.
Shu bilan birga, nashrda Amir Temur davlatidagi boshqaruv tamoyillari, jumladan, din va hokimiyatning bir-biridan farqlanishi Yevropada dunyoviy taʼlim va ilm-fan rivojiga taʼsir ko‘rsatgan omillardan biri bo‘lgani haqida so‘z boradi.
Maqolada Amir Temur siymosi Yevropa madaniyatida ham o‘z aksini topgani, uning obrazi yozuvchilar va dramaturglarni ilhomlantirgani taʼkidlanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi