Kuala-Lumpurda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Oktabr 23, 2026. 18:30 • 58 soniya

• 103
Kuala-Lumpurda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

KUALA-LUMPUR, 23-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida Malayziyada ta’lim olayotgan va malaka oshirayotgan o‘zbekistonlik o‘qituvchilar, professorlar hamda talabalar ishtirokida O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Jizzax davlat pedagogika universiteti, Utara universiteti, O‘zbekiston jahon yoshlar assotsiatsiyasi vakillari, shuningdek, elchixona huzurida faoliyat yuritayotgan “O‘zbek tili do‘stlari” klubi a’zolari qatnashdi.

Ishtirokchilarga mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 21-oktabr kuni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining yangi shakliga oid imzolangan qonunning mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Uchrashuvda Malayziyadagi vatandoshlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ona tiliga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga diplomatik vakolatxona kutubxonasidan o‘zbek adabiyoti durdonalari va davriy nashrlar taqdim etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish