Toshkentda O‘zbekiston va Bolgariya TIV o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi
Oktabr 23, 2026. 19:30 • 52 soniya
• 51
TOSHKENT, 23-oktabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Toshkentda O‘zbekiston va Bolgariya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 4-raundi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov, Bolgariya delegatsiyasiga esa tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ivanka Tasheva boshchilik qildi.
Tomonlar siyosiy-diplomatik hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, savdo-investitsiya sohasidagi o‘zaro aloqalarni faollashtirish, madaniy-gumanitar rishtalarni kengaytirish hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqotni chuqurlashtirish masalalarini atroflicha muhokama qildi.
Dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Maslahatlashuvlar yakunida O‘zbekiston–Bolgariya hamkorligini yanada kengaytirish va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ta’kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi