Chuvashiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi
Oktabr 23, 2026. 09:00 • 57 soniya
• 164CHЕBOKSARI, 23-oktyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulligi tashabbusi bilan Chuvashiya Respublikasi Xalqlar do‘stligi uyida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston madaniyati kunlari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda “Rossiya xalqlari assambleyasi” umumrossiya jamoat-davlat tashkilotining Chuvashiyadagi mintaqaviy bo‘limi raisi o‘rinbosari Valeriy Andreyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri bosh rejissyori Shomurod Yusupov, milliy-madaniy birlashmalar va madaniyat muassasalari vakillari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlar va madaniy merosni asrab-avaylashdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zbek tilining milliy birlik va mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Madaniy dastur doirasida o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalarining she’rlari va g‘azallaridan parchalar o‘qildi, milliy raqslar ijro etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



