Salim Al-Malik: ICESCO O‘zbekiston Prezidentining tashabbuslarini qo‘shma harakatlar rejasiga kiritish niyatida

Noyabr 13, 2026. 18:30 • 2 daq

• 119
Salim Al-Malik: ICESCO O‘zbekiston Prezidentining tashabbuslarini qo‘shma harakatlar rejasiga kiritish niyatida

ANTALIYA, 13-noyabr. /“Dunyo” AA/. Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malik “Dunyo” AAga O‘zbekiston Prezidentining 10–11-noyabr kunlari Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim bo‘yicha yetakchilari sammitidagi ishtiroki xususida fikr bildirdi:

– Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan harakatlarni namoyish etayotgan O‘zbekiston pavilonini ko‘zdan kechirdim. Mamlakatingiz va ICESCO o‘rtasidagi munosabatlar 2025-yilda Samarqand Islom dunyosining madaniy poytaxti bo‘lganidan so‘ng yanada yuqori bosqichga ko‘tarildi.

Biz O‘zbekistonda ko‘plab tadbirlar o‘tkazdik. Bu yil islom olamining ramzi bo‘lgan Islom sivilizatsiyasi markazida Imom Buxoriy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bunday islohotlar O‘zbekistonning islom dunyosi uchun tarixiy merosi naqadar boy ekanini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Prezidenti Antaliyadagi nutqida bir qancha tashabbuslarni ilgari surdi va biz xalqaro tashkilot sifatida ularni hayotga tatbiq etish uchun O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Biz O‘zbekiston bilan yaqin ikki yilga mo‘ljallangan harakatlar rejasini ishlab chiqyapmiz va Prezident nutqida bildirilgan tashabbuslar ushbu rejaning bir qismiga aylanishiga ishonamiz.

O‘zbekiston vakillari faqat o‘z mamlakati haqida emas, balki butun dunyo haqida gapiradi. Menga yoqqan tashabbuslardan biri – yangi tashkil etilgan Yashil universitetdir. Men Toshkent, Samarqand va Zominda mamlakat rahbariyatining iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi sa’y-harakatlarini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim.

Iqlim o‘zgarishiga qarshi amalga oshirilayotgan bunday islohotlar kelgusida o‘zining ijobiy samarasini berishiga, O‘zbekistonning ekologiyani asrash bo‘yicha tashabbuslari nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham muhim ahamiyat kasb etishiga ishonaman. 

Bu boradagi sa’y-harakatlar mintaqaviy va global ekologik muammolarni hal etish, barqaror rivojlanishni ta’minlash hamda kelajak avlodlar uchun sog‘lom atrof-muhitni saqlab qolishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish