Logo

Sankt-Peterburg davlat universitetida o‘zbek tili uchinchi xorijiy til sifatida o‘qitiladi

Aprel 12, 2026. 14:51 • 2 daq

78
Sankt-Peterburg davlat universitetida o‘zbek tili uchinchi xorijiy til sifatida o‘qitiladi

SANKT-PETERBURG, 12-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi vakillari Sankt-Peterburg davlat universitetida bo‘lib, o‘zaro muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar davomida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, Sankt-Peterburg davlat universitetining Toshkent filiali bazasida “Farmatsiya” va “Biotibbiyot” taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi. Shu bilan birga, universitetda o‘zbek tilini uchinchi xorijiy til sifatida o‘qitishni tashkil etish, oliy taʼlim muassasasi qoshida “O‘zbek kabineti”ni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda maqsadli kadrlar tayyorlash va qo‘shma ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu tashabbuslarni hayotga tatbiq etish uchun O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish belgilandi.

Diplomatlar universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ham suhbat o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida yoshlarga konsullik-huquqiy xizmatlar va migratsiya qonunchiligi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Talabalar bilan doimiy aloqani taʼminlash maqsadida faol yoshlar orasidan koordinator saylandi.

724 yilda tashkil etilgan, 9 nafar Nobel mukofoti laureatlarini yetishtirib chiqargan ushbu nufuzli bilim yurti bugungi kunda dunyoning eng kuchli 250 ta universiteti qatoridan joy olgan. Hozirgi kunda universitetda 250 nafardan ziyod o‘zbekistonlik talabalar nanotexnologiyalar, biotibbiyot, sunʼiy intellekt va gumanitar fanlar yo‘nalishida tahsil olmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish