“Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘laylik!” videoroliklar tanlovi e’lon qilindi
Noyabr 19, 2026. 21:30 • 2 daq
• 2
TOSHKENT, 19-noyabr. /“Dunyo” AA/. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xorijdagi yoshlarning Vatanga bo‘lgan mehr, iftixor va daxldorlik tuyg‘ularini ijodiy namoyon etish maqsadida “Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz!” shiori ostida ijodiy videoroliklar tanlovini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tanlovda xorijda yashayotgan, tahsil olayotgan yoki mehnat qilayotgan 14–35 yoshli vatandoshlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov ikki yo‘nalishda o‘tkaziladi:
“Vatanim – mening nigohimda” – uzoqdan turib Vatanni qanday ko‘rasiz, nimani sog‘inasiz, nimadan faxrlanasiz?
“Yangi O‘zbekiston fenomeni” – yurtimizdagi yangilanishlar va taraqqiyot sizning nigohingizda.
Tanlov shartlari:
· Videorolik davomiyligi 1–3 daqiqa bo‘lishi;
· O‘zbek tilida tayyorlanishi;
· Tasvir va ovoz sifati talab darajasida bo‘lishi;
· Eng muhimi, videorolik muallifning shaxsiy g‘oyasi va ijodiy yondashuviga asoslanishi lozim.
Ko‘chirma va avval e’lon qilingan ishlar tanlovga qabul qilinmaydi.
G‘oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
§ 1-o‘rin — 5 million so‘m;
§ 2-o‘rin — 3 million so‘m;
§ 3-o‘rin — 2 million so‘m.
Ijodiy ishlar 2026-yil-25-noyabrga-qadar @VatanQanotBot telegram-boti orqali qabul qilinadi.
G‘olib va sovrindorlar diplom bilan taqdirlanib, markazning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
Aziz vatandosh yoshlar! O‘z nigohingiz, g‘oyangiz va iste’dodingiz orqali Yangi O‘zbekiston qiyofasini namoyon eting. Vatan taraqqiyotiga o‘z ijodingiz bilan hissa qo‘shing.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi