O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili Germaniya TIVning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi departamenti bosh direktori bilan uchrashdi
Noyabr 19, 2026. 20:00 • 2 daq
• 72
TOSHKENT, 19-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bugun Germaniya Tashqi ishlar federal vazirligining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi departamenti bosh direktori Frank Hartmann bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar Afg‘onistondagi joriy vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashdi, mazkur yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish borasida xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini birlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Germaniya tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy va infratuzilmaviy jarayonlarga jalb etishga qaratilgan izchil tashabbuslarini yuqori baholadi.
Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish masalalari bo‘yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi hamda muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi