Saida Mirziyoyeva: Jinoyatchi eng og‘ir jazoga tortiladi

Sentabr 27, 2026. 12:00 • 1 daq

• 152
Saida Mirziyoyeva: Jinoyatchi eng og‘ir jazoga tortiladi

TOSHKENT,-27-sentyabr. /»Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yashar bola bilan sodir etilgan zo‘ravonlik holati yuzasidan munosabat bildirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

«Menga Namanganda sodir bo‘lgan fojia haqida xabar berishdi, – deb yozdi bugun o‘zining telegram-kanalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva. –– Bo‘lgan voqeani eshitib, g‘azabim ichimga sig‘may ketdi.

​Nazarimda, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak. Amaldagi qonunchilikda oliy jazo ko‘zda tutilmagan, shu bois javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz.

​Tegishli idoralarga barcha zarur ko‘rsatmalar berildi. Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi. Shuningdek, beparvoligi bilan bu qabohatga yo‘l ochgan, norasida bolani asray olmagan barcha mas’ullar ham jazolanadi».

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish