Narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2027 yil uchun «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi

Sentabr 27, 2026. 11:30 • 2 daq

• 50

OLMAOTA, 27-sentyabr. /»Dunyo» AA/. Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi (MOMAMM)ning Olmaota shahridagi shtab-kvartirasida markazga a’zo davlatlar milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Yig‘ilishda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning vakolatli idoralari vakillari, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, YEXHT hamda AQSHning Qozog‘istondagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar axborot almashish va tezkor hamkorlikni takomillashtirish, MOMAMM salohiyatini mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdi.

Yangi narkotahdidlar, jumladan, sintetik giyohvandlik vositalari va yangi psixoaktiv moddalarning tarqalishi, yashirin laboratoriyalar faoliyati, prekursorlarning noqonuniy aylanmasi hamda narkojinoyatchilikda raqamli texnologiyalar va internet resurslaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.

Asosiy qarorlardan biri sun’iy intellektni qo‘llash va kibermakonni monitoring qilish orqali narkotahdidlar haqida barvaqt ogohlantirishning yagona davlatlararo tizimini yaratish konsepsiyasini ma’qullash bo‘ldi.

Shuningdek, MOMAMMning 2027-yilga mo‘ljallangan byudjeti kelishib olindi va markaz faoliyatini o‘z vaqtida moliyalashtirish choralari belgilandi.

Tomonlar MOMAMMning moddiy-texnik va kadrlar bazasini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va markazni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimga yangi davlatlarning qo‘shilishi imkoniyatlarini muhokama qildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha MOMAMM faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishning 2027-yilga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish