Parijdan munosabat: O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikni kengaytirish siyosati yangi iqtisodiy imkoniyatlar ochmoqda
Oktabr 22, 2026. 11:30 • 2 daq
• 161
PARIJ, 22-oktabr. /“Dunyo” AA/. “MEDEF International” tashkiloti huzuridagi Fransiya–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi raisi Klod Imoven “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida AQSh davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amaliy tashrifi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
— O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikni diversifikatsiya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va xorijiy hamkorlar bilan uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari e’tirofga loyiq.
O‘zbekistonning turli davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan izchil siyosati mamlakat suverenitetini namoyon etish bilan birga, uning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvini ham jadallashtirmoqda.
Shu nuqtayi nazardan, AQSh davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi mamlakatning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlikning kengayishi savdo-iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va xorijiy kompaniyalar bilan yangi sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
“S5+1” muloqot formati ham alohida e’tiborga loyiq. Ushbu mexanizm global va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashish, umumiy yechimlarni izlash hamda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
Fransiya ishbilarmon doiralari ham O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor. Xususan, “MEDEF International” 2027-yilda O‘zbekistonga navbatdagi biznes-missiyani tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Fransiya va O‘zbekiston korxonalari o‘rtasidagi aloqalarni davom ettirish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirishdan iborat bo‘ladi.
O‘zbekistonning ochiq va ko‘p qirrali tashqi iqtisodiy siyosati mamlakatning xalqaro maydondagi jozibadorligini oshirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va uzoq muddatli sheriklik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi