O‘zbekiston Eron hududlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirmoqda
Oktabr 22, 2026. 12:30 • 49 soniya
• 115
SARI, 22-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning Mozandaron ustoni (provinsiyasi) gubernatori Mehdi Rustamiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat davomida diplomatimiz O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari, sanoat va eksport imkoniyatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Elchi O‘zbekiston ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekani hamda muhokama qilingan tashabbuslarni hayotga tatbiq etish yo‘lida yaqin hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda sheriklikni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni ilgari surishdan birdek manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi