Daniyadagi madaniy festivalda O‘zbekiston stendi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi
Noyabr 18, 2026. 10:30 • 2 daq
• 95ORXUS, 18-noyabr. /“Dunyo” AA/. Daniyaning Orxus shahridagi “Dokk1” madaniy markazida o‘tkazilgan xalqlar festivali doirasida O‘zbekistonning milliy madaniy stendi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Stend “O‘zbek tashabbuslari” assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekistonning Stokgolm shahridagi elchixonasi, Hunarmandlar uyushmasi va Amaliy san’at ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir ko‘plab xorijiy mehmonlar va tashrif buyuruvchilarni bir joyga jamladi. “O‘zbek tashabbuslari” assotsiatsiyasi faoli Marifat Akbarovaning o‘zbek milliy naqshlari haqidagi taqdimoti ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi.
Taqdimot tbc-ornaments.uz platformasi materiallari, Amaliy san’at ijodiy uyushmasi tomonidan tayyorlangan naqshlar, shuningdek, mashhur usta-kulol Shokirjon Mingboshining Rishton kulolchilik namunalaridan iborat bo‘ldi. Tadbirdan so‘ng mazkur materiallar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatildi.
Shuni ta’kidlash joizki, kelasi yilning aprel oyida ushbu madaniy markazda Amaliy san’at ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda o‘zbek amaliy san’at ustalarining mahorat darslari va ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



