O‘zbekiston kinoijodkorlari Istanbulda o‘tkazilgan xalqaro kinofestivalda sovrindor bo‘ldi

Noyabr 10, 2026. 20:55 • 2 daq

• 72

ISTANBUL, 10-noyabr. /“Dunyo” AA/. Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Istanbulda bo‘lib o‘tgan VI “Qo‘rqut ota” xalqaro turkiy dunyo kinofestivalida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Turkiyaning qator taniqli kinoprodyuserlari bilan uchrashdi. Dastur doirasida vakillarimiz ushbu davlatda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan ko‘rishib, suhbatlashdi.

Xususan, Istanbul Kent universitetida vatandoshlarimiz bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bir nechta o‘zbek filmining premyera namoyishi tashkil etildi.

Istanbul shahridagi Otaturk madaniyat markazida festivalning yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik rejissyor Mo‘minjon Tursunovning “Hayotga tashnalik” filmi “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Matyoqub Matjonov esa eng yaxshi erkak aktyor deb topildi.

Festival doirasida Toshkent shahri 2027-yil uchun “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” maqomini qabul qilishi munosabati bilan Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy 2026-yilda ushbu maqomga ega bo‘lgan Anqara shahrining ramziy kalitini O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulovga topshirdi.

Mehmet Nuri Ersoy O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, o‘ziga xos an’analari va sayyohlik salohiyatini alohida ta’kidladi. Uning qayd etishicha, Toshkentning 2027-yilda turkiy dunyoning turizm poytaxti sifatida faoliyat yuritishi turkiy davlatlar o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Abdulaziz Aqqulov festival ishtirokchilarini tabriklab, barcha turkiy davlatlar vakillarini 2027-yilda Toshkentga tashrif buyurishga taklif etdi. U kinoijodkorlarni O‘zbekistonga kelib, mamlakatimizning qadimiy shaharlari, tarixiy obidalari, tabiiy manzaralari va madaniy merosini o‘z filmlarida aks ettirishga chaqirdi.

O‘zbekiston kinoijodkorlarining “Qo‘rqut ota” festivalidagi ishtiroki nafaqat milliy kinematografiyani targ‘ib qilish, balki turkiy dunyo mamlakatlari bilan madaniy va sayyohlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish