Nufuzli rus kompaniyasi O‘zbekistondagi logistika markaziga 300 million dollar sarmoya kiritmoqchi

Iyun 22, 2026. 13:00 • 2 daq

157
Nufuzli rus kompaniyasi O‘zbekistondagi logistika markaziga 300 million dollar sarmoya kiritmoqchi

SANKT-PЕTЕRBURG, 22-iyun /“Dunyo” AA/. “Delovoy Peterburg” nashrida V Toshkent xalqaro investitsiya forumi jarayoni va unda erishilgan kelishuvlarga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, Rossiyaning nufuzli “Wildberries” kompaniyasi O‘zbekistonda 300 million dollar sarmoya hisobiga 170 ming kvadrat metr maydonga ega, A+ toifasidagi logistika markazini qurishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya ta’kidlashicha, respublika Rossiyadan Yaqin Sharqqacha bo‘lgan asosiy bozorlarni yagona logistika markazi orqali bog‘lash uchun istiqbolli hudud hisoblanadi.

“Wildberries Uzbekistan” bosh direktori Akmal Primqulov Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston kompaniya uchun asosiy bozorlardan biri ekanini ta’kidladi.

Strategik rejalarga ko‘ra, respublika bozoriga kirish marketpleysning Markaziy Osiyoda elektron tijorat bo‘yicha asosiy markazga aylanishiga yordam beradi. Xususan, Xitoydan Afrika bozorlarigacha bo‘lgan yo‘nalishda elektron tijorat tovarlarining tranzitini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.

Akmal Primqulovning ma’lum qilishicha, 2025-yil oxirida kompaniya Toshkent shahrida “WB Taxi” xizmatini ishga tushirgan. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, 1400 dan ortiq xizmat ko‘rsatish markazlari ochilgan.

2029-yilga qadar mintaqadagi sotuvchilar sonini 15 mingtaga, o‘zbek mahsulotlari savdosi hajmini esa 2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, maydoni 170 ming kvadrat metr bo‘lgan A+ toifasidagi logistika markazini qurish ko‘zda tutilgan. Uning birinchi bosqichini 2027–2028-yillarda ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Investitsiyalar hajmi 300 million dollarga baholanmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish