O‘zbekiston Prezidenti 29 iyul kuni amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi
Iyul 28, 2026. 20:30 • 47 soniya
• 19
TOSHKENT, 28-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29-iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Ostona shahrida “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
“Kelajak o‘yinlari” o‘zida anʼanaviy sport turlari va ularning raqamli shakllarini mujassam etgan.
Musobaqa 29-iyuldan 9-avgustga qadar 50 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, O‘zbekiston sportchilari ishtirokida o‘tkaziladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi