Baxtiyor Saidov: O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi
Avgust 07, 2026. 18:00 • 2 daq
• 19
TOSHKENT, 7-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSH davlat kotibining yordamchisi Samir Pol Kapur bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi, janob Samir Pol Kapur bilan mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik so‘nggi yillarda mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi. Mamlakatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi yaqin muloqot bugungi hamkorligimizga yangi surʼat bag‘ishlamoqda.
Muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarni yana-da kengaytirish, turli darajadagi bo‘lajak tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalarini atroflicha muhokama qildik.
Shuningdek, “S5+1” formati doirasidagi hamkorlik hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashdik”.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 4-avgust kuni Dehlida AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashgan edi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi