Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston mudofaa sohasida kelishuv imzoladi

Avgust 07, 2026. 17:00 • 45 soniya

108
Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston mudofaa sohasida kelishuv imzoladi

TOSHKENT, 7-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun Makkada Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston mintaqaviy beqarorlik sharoitida qo‘shma mudofaa to‘g‘risidagi bitimni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Reuters” agentligining maʼlum qilishicha, ushbu kelishuv har qanday tajovuzkorona harakatlarni jamoaviy tiyib turishni kuchaytirishga qaratilgan. Hujjatga ko‘ra, uch tomondan biriga qilingan qurolli hujum barchaga qilingan hujum sifatida qaralishi nazarda tutilgan.

Agentlikning taʼkidlashicha, ushbu kelishuvga qariyb bir yillik muzokaralardan so‘ng erishilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish