Baxtiyor Saidov: Joriy yilgi O‘zbekiston-Rossiya kun tartibi boy bo‘lib, qator ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarni o‘z ichiga oladi
Fevral 09, 2026. 15:15 • 33 soniya
• 34
TOSHKENT, 9-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Rossiya elchisi Aleksey Yerxovni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston-Rossiya aloqalarining o‘tgan yildagi natijalari va 2026-yilga mo‘ljallangan rejalarini muhokama qildik. Ko‘plab sohalarda kuzatilayotgan ijobiy dinamikani taʼkidladik, jumladan, 2025-yilda o‘zaro savdo aylanmasi 11 foizga o‘sdi.
Mazkur yilning kun tartibi boy bo‘lib, qator ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarni o‘z ichiga oladi”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
