Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Britaniya kompaniyasining mamlakatimizdagi rivojlantirish loyihalaridagi ishtirokini qo‘llab-quvvatladi

Fevral 25, 2026. 22:20 • 35 soniya

114
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Britaniya kompaniyasining mamlakatimizdagi rivojlantirish loyihalaridagi ishtirokini qo‘llab-quvvatladi

TOSHKENT, 25-fevral. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniyada tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Londonda “Benoy” arxitektura kompaniyasi bosh direktori Tom Kartlej bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Benoy” kompaniyasi bosh direktori Tom Kartlej janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Zamonaviy shaharsozlik yo‘nalishidagi tashabbuslar, jumladan, O‘zbekiston bo‘ylab hududlarni rejalashtirish, Yangi Toshkent qurilishi, master-rejalarni ishlab chiqish, shuningdek, transport va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish masalalarini muhokama qildik.

“Benoy” kompaniyasining O‘zbekistondagi rivojlantirish loyihalarida ishtirokini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlaymiz hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyormiz”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish