Logo

O‘zbekiston TIV rahbari Britaniya bankining mamlakatimiz milliy moliya tizimiga yana-da integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatladi

Fevral 25, 2026. 22:15 • 38 soniya

115
O‘zbekiston TIV rahbari Britaniya bankining mamlakatimiz milliy moliya tizimiga yana-da integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatladi

TOSHKENT, 25-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya poytaxtida “Standard Chartered” banki bosh direktori Saif Malik bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Standard Chartered” banki bosh direktori Saif Malik janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Yirik sanoat loyihalarini moliyalashtirish, “yashil” energetika tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotning real sektori bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildik. Qayta tiklanadigan energetika, infratuzilmani rivojlantirish va barqaror moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdik.

Hamkorlikni yanada mustahkamlash, transformatsion loyihalarni hayotga tatbiq etish va bankning milliy moliya tizimimizga integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida mustahkam sheriklik aloqalarini o‘rnatishga tayyormiz.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish