Baxtiyor Saidov: Germaniyani Yevropadagi ishonchli va vaqt sinovidan o‘tgan sheriklarimizdan biri sifatida yuksak qadrlaymiz
Avgust 11, 2026. 18:30 • 2 daq
• 12
TOSHKENT, 11-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Germaniyaning yangi elchisi Mattias Follertni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Mattias Follert janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Germaniyani Yevropadagi ishonchli va vaqt sinovidan o‘tgan hamkorlarimizdan biri sifatida yuksak qadrlaymiz. So‘nggi yillarda oliy darajadagi tashriflar hamda muntazam siyosiy muloqotlar tufayli O‘zbekiston–Germaniya munosabatlari izchil rivojlanib bormoqda.
Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilib, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.
Elchi janoblariga O‘zbekistondagi masʼuliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tilaymiz”.
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 6-martda o‘rnatilgan.
Elchi Mattias Follert 2020–2024-yillarda Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Manfred Hutererning o‘rnini egalladi.
Bir kun avval GFR elchixonasining internet-resurslarida yangi elchining o‘zbek tilidagi murojaati eʼlon qilindi. Unda elchi Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlash niyatida ekanini maʼlum qilgan.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi