O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Shveysariyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi

Avgust 11, 2026. 17:30 • 2 daq

147
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Shveysariyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi

TOSHKENT, 11-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Shveysariyaning yangi elchisi Simon Gigerni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Shveysariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Simon Giger xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz davomida davlatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yana-da faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi va yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.

Elchi xonimga masʼuliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, O‘zbekiston–Shveysariya munosabatlarini yana-da rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimizni tasdiqladik”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 7-mayda o‘rnatilgan.

Simon Giger 2021-yildan buyon Shveysariyaning Toshkentdagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilib kelgan elchi Konstantin Obolenskiyning o‘rnini egalladi.

“Dunyo” AAolgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish